
Navoiy viloyatida noqonuniy baliq ovlash holatlari aniqlanib, hayvonot dunyosiga juda katta miqdorda zarar yetkazilgan.
Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan Ichki ishlar, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda Navoiy viloyati hududida navbatdagi nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Reyd davomida Qiziltepa tumanida joylashgan “To‘dako‘l” tabiiy suv havzasida uch nafar fuqaro tomonidan taqiqlangan ov qurollari — leskali to‘rlar yordamida noqonuniy baliq ovlangani aniqlandi. Ushbu holatda ikki turdagi 39 dona baliq qonunga xilof ravishda tutib olingan. Natijada hayvonot dunyosiga 120 mln 304 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Shuningdek, ayni suv havzasida yana bir alohida holat qayd etildi. Unda besh turdagi 417 dona baliq noqonuniy ovlangan bo‘lib, mazkur qoidabuzarlik oqibatida tabiatga 561 mln 968 ming so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Jami hisobda noqonuniy ov natijasida hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori 680 million so‘mdan oshdi.
Holatlar yuzasidan qoidabuzarlarga tegishli bo‘lgan 300 metr uzunlikdagi leskali to‘rlar hamda umumiy og‘irligi 416 kilogramm bo‘lgan, turli xildagi 456 dona baliq daliliy ashyo sifatida musodara qilindi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.