date

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6,2 million so‘mga yetdi

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6,2 million so‘mga yetdi

Markaziy bank mehnat bozori bo‘yicha yangi hisobotini e’lon qildi: daromadlar va pul o‘tkazmalarida o‘sish kuzatilmoqda.

O‘zbekiston Markaziy banki 2025 yilning uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra mamlakatdagi iqtisodiy holat va mehnat bozori tahlilini taqdim etdi. Unga ko‘ra, aholining daromadlari va ish bilan bandlik darajasida ijobiy sur’atlar davom etmoqda.

Joriy yilning III choragida nominal ish haqi miqdori 19,2 foizga ko‘tarilgan. Inflyatsiya ta’sirini chiqarib tashlaganda, fuqarolarning real daromadlari o‘sishi 9,1 foizni tashkil etdi.

Hozirda mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ish haqi 6,2 million so‘mni tashkil qilmoqda. Eng ko‘p maosh oluvchi sohalar sifatida moliya, sug‘urta hamda AKT (IT) tarmoqlari yetakchilik qilmoqda.

Viloyatlar kesimida maoshlarning eng tez o‘sishi quyidagi hududlarda kuzatildi:

1. Samarqand viloyati — 14,6 foiz;

2. Sirdaryo viloyati — 11,1 foiz;

3. Namangan viloyati — 10,9 foiz.

Quvonarlisi, O‘zbekistondagi real ish haqi o‘sishi qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlaridagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan ancha yuqori. Milliy valyutamizning barqarorligi esa eng kam ish haqini dollar hisobida 103 dollarga yetkazdi.

Mehnat bozorida vakansiyalar soni ham 3,3 foizga ko‘paygan. Eng ko‘p xodimlar savdo, umumiy ovqatlanish va sanoat korxonalariga qidirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6,2 million so‘mga yetdi