
Navoiy viloyatidagi Tudakoʻl ko‘lida brakonerlar tabiatga 680 million soʻmdan ortiq zarar yetkazgani aniqlandi. Hududda oʻtkazilgan keng ko‘lamli reydlar davomida Ekopoliitsiya, IIV va Milliy gvardiya xodimlari huquqbuzarlardan qariyb yarim tonna noqonuniy ovlangan baliqni olib qo‘ydi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.
Eng yirik holatda qoidabuzarlar qo‘lidan besh turga mansub 417 dona baliq topilgan. Mazkur epizod bo‘yicha hayvonot olamiga yetkazilgan zarar 562 million soʻmga baholandi.
Yana bir holatda uch nafar erkak taqiqlangan leska to‘rlardan foydalangan holda 39 dona baliq tutishga ulgurgan. Ular bundan 120 million soʻm miqdorida kompensatsiya to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Ish bo‘yicha ashyoviy dalil sifatida jami 416 kilogramm baliq va 300 metr to‘r rasmiylashtirildi. Hozir mazkur holatlar yuzasidan tergovga oid harakatlar olib borilmoqda, viloyat suv havzalarida kuchaytirilgan tekshiruvlar esa davom etyapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.