
Olimlar va shifokorlar salomatlikni tiklashning eng arzon va yoqimli usulini ma’lum qilishdi.
Tibbiyot olami vakillari insonlarga haftada kamida besh marotaba chin dildan, miriqib kulishni maslahat bermoqdalar. Bu shunchaki kayfiyatni ko‘tarish emas, balki tananing ichki a’zolari uchun o‘ziga xos «tabiiy dori» vazifasini o‘taydi.
Pensilvaniya universiteti professori, kardiolog Maykl Millerning ta’kidlashicha, kulish jarayonida miyada endorfin gormonlari faol ishlab chiqariladi. Ushbu moddalar qon tomirlarida foydali kimyoviy jarayonlarni boshlab beradi. Natijada:
- Yurak faoliyati yaxshilanadi;
- Immunitet tizimi mustahkamlanadi;
- Kuchli stress va asabiylik holatlari chekinadi.
Psixolog Uilyam Fray kulgining kuchini isbotlash uchun o‘ziga xos tajriba o‘tkazdi. U mashhur komedik filmlarni tomosha qilayotgan vaqtda o‘zidan qon namunalarini oldi. Natijalar esa hayratlanarli: quvnoq kayfiyat va kulgi paytida inson qonida kasalliklarga qarshi kurashuvchi himoya hujayralari soni keskin ortgan.
Xulosa shundaki, shifokorlar tavsiyasiga amal qilib, tez-tez kulgili ko‘rsatuvlar ko‘rish yoki yaqinlar davrasida hazil-huzul qilish — uzoq umr ko‘rishning garovidir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.