
Milaning “Inter” klubi rahbari Juzeppe Marotta Antonio Kontening A Seriyadagi kuchlar nisbatiga doir keskin fikrlariga javob qaytardi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Napoli” bosh murabbiyi Konte “Inter”, “Yuventus” va “Milan” imkoniyatlar borasida Italiyadagi qolgan jamoalardan ancha ustun turishini ta’kidlagandi.
Marottaning aytishicha, Kontening bayonoti uni qiziqtirib qo‘ygan, biroq Rojdestvo arafasida u bahsga kirishmoqchi emas. “Antonio — zo‘r murabbiy va mohir kommunikator. U bosimni kamaytirish va e’tiborni o‘z jamoasidan chalg‘itishni juda yaxshi biladi”, — dedi “Inter” rahbari DAZN bilan suhbatda.
Shu bilan birga, Marotta A Seriyada asosiy favorit sifatida aynan “Napoli”ni ko‘rayotganini ta’kidladi: ular amaldagi chempion, tarkibni saqlab qoldi va jiddiy transferlar qildi. Bundan tashqari, jamoada barqarorlik bor — murabbiy ikkinchi mavsumdan beri ishlayapti.
“Inter” haqida gapirar ekan, Marotta klub modelni o‘zgartirib, yosh futbolchilarga sarmoya kiritganini aytdi va baribir chempionat oxirigacha kurashishlarini qo‘shimcha qildi.
Yakshanba kuni “Inter” “Atalanta”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va A Seriya turnir jadvalida peshqadamga aylandi. Milanliklar “Milan”dan 1 ochko, “Napoli”dan esa 2 ochko oldinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.