date

Yanvarda Rossiyadan Oʻzbekistonga aviachiptalar 39 foizga arzonlashadi

Yanvarda Rossiyadan Oʻzbekistonga aviachiptalar 39 foizga arzonlashadi

Yangi yil ta’tilidan keyin Rossiyadan Toshkentga aviaqatnovlar narxi sezilarli tushadi: Aviasales ma’lumotlariga ko‘ra, chiptalar o‘rtacha 39 foizga arzonlashadi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Umuman olganda, Rossiyadan xorijga parvozlar ham yanvarda o‘rtacha 29 foizga arzonroq bo‘lishi kutilmoqda. Eng katta pasayish Dubay va Yerevan yo‘nalishlarida qayd etiladi — 51 foiz. Tbilisi va Istanbulga uchish chiptalari mos ravishda 42 va 40 foizga arzonlashishi prognoz qilinmoqda.

Rossiya ichidagi reyslarda esa chiptalar narxi o‘rtacha 23 foizga tushadi. 2026 yilda eng keskin pasayish Mineralniye Vodiga yo‘nalishida kuzatilgani, bu yo‘nalishda chiptalar o‘rtacha 47 foizga arzonlashgani aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Yanvarda Rossiyadan Oʻzbekistonga aviachiptalar 39 foizga arzonlashadi