date

Kroos Realda Vinisius bilan aloqalari qanday bo'lganini aytdi

Kroos Realda Vinisius bilan aloqalari qanday bo'lganini aytdi

Myunxenning «Bavariya»si va Madridning «Real»i safida to'p surgan Toni Kroos «qirollik klubi»da braziliyalik futbolchilar bilan munosabatlari haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Nemis yarim himoyachining so'zlariga ko'ra, u bolaligidan braziliya futbolini yoqtiradi va Madridda Vinisius, Militao hamda Kazemiro bilan tezda til topishgan. Kroos ayniqsa maydonda Vinisius bilan o'zaro uyg'unlik kuchli bo'lganini ta'kidladi: hujumchi uning uzatmalaridan unumli foydalangan, Kroos esa Vinisiusning keskin yugurishlari va ochilishlaridan maksimal darajada foydalanib kelgan.

Eslatib o'tamiz, Kroos «Real» sharafini 2014 yildan 2024 yilgacha himoya qilgan. U «qaymoqranglilar» safida UEFA Chempionlar ligasida besh bor g'olib chiqqan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kroos Realda Vinisius bilan aloqalari qanday bo'lganini aytdi