Markinyos Fransiya fuqaroligini olishni istamoqda

PSJ safida uzoq yillardan beri to‘p surib kelayotgan braziliyalik himoyachi Markinyos Fransiya fuqaroligini rasmiylashtirish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbolchining aytishicha, bu boradagi ishlar allaqachon boshlangan. U shu yo‘l bilan Fransiya unga qancha narsa berganini ko‘rsatmoqchi. “13 yildan beri shu yerda yashayman, farzandlarim Parijda tug‘ilgan. Kelajakda ham shu yerda qolib yashash haqida o‘ylayapman”, — deya Markinyosning so‘zlarini keltiradi L’Equipe.
31 yoshli himoyachi Parij klubi bilan shartnoma bo‘yicha 2028 yilning o‘rtalarigacha bog‘langan. Uning bozor bahosi 30 million yevroga teng deb baholanmoqda.






























Izohlar 0
…