date

Kalvert-Lyuin APLda Keyn erisha olmagan seriyani qayd etdi

Kalvert-Lyuin APLda Keyn erisha olmagan seriyani qayd etdi

«Lids» hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuin Angliya Premyer-ligasidagi gol urish seriyasini yana bir o‘yin uzaytirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yakshanba kuni 28 yoshli forvard «Sanderlend» darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga 1:1 hisobidagi durangni taqdim etdi. Shu tariqa «tovuslar» hujumchisi APLda ketma-ket oltinchi uchrashuvda ham gol urdi — Opta ma’lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkichga Angliya terma jamoasi sardori va chempionat tarixidagi ikkinchi eng yaxshi to‘purar Garri Keyn hech qachon yetmagan. «Tottenhem»ning sobiq yulduzi ketma-ket gol urgan eng uzun seriyasini besh o‘yinda qayd etgan va buni ikki bor takrorlagan.

Joriy APL mavsumida Kalvert-Lyuin 8 ta aniq zarba bilan to‘purarlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kalvert-Lyuin APLda Keyn erisha olmagan seriyani qayd etdi