20:50 / 06.06.2018
4 043

Moliya vazirligi tizimida 100dan ortiq xodim o‘zgardi

Moliya vazirligi tizimida 100dan ortiq xodim o‘zgardi
Joriy yil davomida O‘zbekiston respublikasi Moliya vazirligi tizimida boshqaruv lavozimlariga kadrlar tayyorlash bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Vazirlik matbuot xizmati xabar berishicha, yilning o‘tgan davri mobaynida rahbarlik lavozimlariga 93 yangi tayinlov amalga oshirilgan, shundan 54 tayinlov moliya organlarida, 28 tayinlov g‘aznachilik bo‘limlarida va 11 tayinlov davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmalarida amalga oshirilgan.

Qayd etilishicha, aprel-may oylarida viloyat darajasida moliya boshqarmalariga 6 nafar, tuman va shahar moliya boshqarmalariga 22 nafar yangi rahbar tayinlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Moliya vazirligi tizimida 100dan ortiq xodim o‘zgardi