O‘zbekistonda uchinchi chorak yakuniga ko‘ra, eng serdaromad va nisbatan past moliyaviy ko‘rsatkichlar qayd etgan banklari ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda Spot.
Ma’lum bo‘lishicha, eng daromadli banklar uchligiga faqat davlat ishtiroki yuqori bo‘lgan banklar — «O‘zsanoatqurilishbank», «O‘zmilliybank» va Ipoteka bank kirgan. Ular davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, bu esa bozor sharoitida ularning rentabelligini aniqlashni qiyinlashtiradi.
Qayd etilishicha, eng daromadli 10 ta bankning foydasi qolgan 17 ta bankning umumiy foydasidan 5 baravarga ko‘p:
«O‘zsanoatqurilishbank» — 787,3 milliard so‘m;
«O‘zmilliybank» — 676,8 milliard so‘m;
Ipoteka bank — 587,7 milliard so‘m;
Trast bank — 323,9 milliard so‘m;
Hamkorbank — 303,6 milliard so‘m;
Ipak yo‘li — 299,9 milliard so‘m;
Qishloq qurilish bank — 272 milliard so‘m;
«Kapitalbank» — 267,8 milliard so‘m;
«Asakabank» — 258 milliard so‘m;
Orient finans bank — 213,7 milliard so‘m.
Quyidagilar uchinchi chorakni 100 milliard so‘mga yaqin foyda bilan yakunlagan:
Agrobank — 102,8 milliard so‘m;
InFinbank — 101 milliard so‘m;
Aloqabank — 99,9 milliard so‘m;
Davr bank — 99 milliard so‘m.
Shuningdek, quyidagi banklar esa 10 milliarddan 100 milliard so‘mgacha foyda olgan:
KDB Bank — 75 milliard so‘m;
Turon bank — 68,7 milliard so‘m;
«Xalq banki» — 60 milliard so‘m;
Tenge bank — 54,7 milliard so‘m;
Asia Alliance Bank — 41 milliard so‘m;
Ziraat Bank Uzbekistan — 18,9 milliard so‘m;
«Mikrokreditbank» — 18 milliard so‘m;
Poytaxt Bank — 11 milliard so‘m.
Qayd etilishicha, beshta bank 10 milliard so‘mdan kam daromad olgan:
Ravnaq bank — 7,6 milliard so‘m;
Universal bank — 4,9 milliard so‘m;
Turkistan— 2 milliard so‘m;
Madad Invest Bank — 943 million so‘m;
Anor bank — 225 million so‘m.
Madad Invest Bank va Anor bank uchinchi chorakda zararlardan qutilib, daromad olishni boshlagan. Birinchi yarim yil yakunlariga ko‘ra, Anor bank 1,7 milliard so‘m, Madad Invest Bank esa 7,8 milliard so‘m zarar ko‘rgan.
Ta’kidlanishicha, to‘rtta bank zarar ko‘rishda davom etmoqda:
Savdogarbank — 10,8 milliard so‘m;
«O‘zagroeksportbank» — 16,7 milliard so‘m;
HI-TECH BANK — 35,9 milliard so‘m;
TBC Bank — 84 milliard so‘m.
TBC Bank’ning zarari sezilarli darajada oshgan. Birinchi yarim yillikda bankning zarari 42 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, uchinchi chorakda bu ko‘rsatkich ikki baravarga ko‘paygan.
Shunga qaramay, uchinchi chorak yakuniga ko‘ra, deyarli barcha banklarning moliyaviy ko‘rsatkichlari ijobiy darajada saqlanib qoldi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil fevralida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mamlakatdagi 31 bankning faoliyat ko‘rsatkichlarini baholagandi. Unga ko‘ra, birinchi o‘rinlar «Kapitalbank» va Davr bank’ka nasib etgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin