date

2026 yildan homiladorlik uchun nafaqa to'lanadi

2026 yildan homiladorlik uchun nafaqa to'lanadi
2026 yildan boshlab Ijtimoiy himoya jamg'armasi homiladorlik va tug'ruq uchun nafaqa to'lashni boshlaydi. O'sha yilning ikkinchi yarmidan esa vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo'yicha ham nafaqalar ajratiladi.

Bu haqda 29-oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishib chiqqan taqdimotda ma'lum qilindi. Yangi tizim bosqichma-bosqich barcha rasmiy ish bilan band bo'lgan fuqarolarni jamg'arma hisobidan nafaqalar bilan qamrab olishga imkon beradi.

Bugungi kunda O'zbekistonda “Qashshoqlikdan farovonlik sari” dasturi amalga oshirilmoqda. Ushbu dastur doirasida 2021 yilda qashshoqlik darajasi 17 foizdan 6,8 foizga tushirildi.

Mamlakatda kam ta'minlangan oilalarga ajratilayotgan nafaqalar ulushi esa 14 foizdan 6,1 foizga kamaydi. Shunga qaramay, ayrim muammolar saqlanib qolmoqda.

Xususan, xususiy sektorda ishlovchi xodimlarning barchasi ham homiladorlik, kasallik yoki ishdan bo'shash bo'yicha nafaqalar ololmayapti. Ish beruvchilar bu xarajatlarni qo'shimcha yuk sifatida qabul qilishadi, byudjetdan qoplanadigan nafaqa miqdori esa hanuz past darajada qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2026 yildan homiladorlik uchun nafaqa to'lanadi