
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning yangi kurslarini e’lon qildi. Rasmiy xabarga ko‘ra, AQSh dollari 32,75 so‘mga arzonlashib, 11 972,34 so‘mni tashkil etdi.
Eng katta pasayish yevroda qayd etilib, u 112,14 so‘mga tushib, 13 786,15 so‘mga teng bo‘ldi. Shuningdek, funt sterling ham 63,40 so‘mga kamayib, 15 714,89 so‘mni tashkil etdi.
Rossiya rubli 0,77 so‘mga arzonlashib, 147,79 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, Xitoy yuani 6,51 so‘mga tushib, 1 681,23 so‘mga tenglashdi. Yapon iyenasi esa 0,22 so‘mga kamayib, 77,66 so‘mni tashkil etdi.
Umumiy pasayish fonida faqat Qozog‘iston tengesi o‘sish ko‘rsatib, 0,08 so‘mga qimmatlashdi va 22,76 so‘mni tashkil etdi. Yangilangan valyuta kurslari ertadan, 4-noyabrdan (seshanba) boshlab amalda bo‘ladi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.