date

Oktyabr oyida dollar kursi qanchaga pasaygani ma'lum bo‘ldi

Oktyabr oyida dollar kursi qanchaga pasaygani ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan valyuta kurslari asosida olib borilgan oylik tahlilimizga ko‘ra, 2025-yil oktabr oyi davomida 1 AQSH dollari milliy valyuta — so‘mga nisbatan 42,54 so‘mga pasaygan.

Haftalik dinamika

Oy davomida dollarning so‘mga nisbatan kursida ma’lum tebranishlar kuzatildi. Xususan, oyning birinchi yarmida o‘sish qayd etildi:

  • 1-hafta: +31,76 so‘m

  • 2-hafta: +23,66 so‘m

  • 3-hafta: +37,61 so‘m

Ushbu davrdagi o‘sish tendensiyasi xalqaro bozorlardagi o‘zgarishlar, import-eksport operatsiyalari hajmi hamda ichki talab dinamikasi bilan izohlanadi.

Oyning ikkinchi yarmida esa pasayish kuzatildi:

  • 4-hafta: –31,66 so‘m

  • 5-hafta: –104,11 so‘m

Natijada, umumiy hisobda 1 AQSH dollari kursining oylik o‘zgarishi milliy valyuta uchun ijobiy bo‘lib, 42,54 so‘mlik pasayish bilan yakunlandi.

Markaziy bank valyuta kurslarini bozor mexanizmlari asosida shakllantirib, iqtisodiy jarayonlarda barqarorlikni saqlashga intilmoqda. Valyuta kursidagi bunday o‘zgarishlar global iqtisodiy muhit, tashqi savdo hajmi va ichki iqtisodiy faollik darajasining ko‘rsatkichi sifatida baholanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oktyabr oyida dollar kursi qanchaga pasaygani ma'lum bo‘ldi