date

Yangilangan Damas taqdim etildi


UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Damas modelining yangilangan versiyasini ishlab chiqarishni boshlash rejasini e'lon qilgan edi. Made in Uzbekistan ko'rgazmasida mazkur avtomobil ilk bor namoyish qilindi.

Yangilangan model 1,5 litr hajmdagi, 16 klapanli to'rt silindrli DOHC dvigateli bilan jihozlangan bo'lib, uning quvvati 103 ot kuchiga teng. Avtomobilning yuk ko'tarish qobiliyati 720 kilogrammni tashkil etadi, yukxonasining hajmi esa 3,1 kubometrga teng.

Bu uni oziq-ovqat yetkazib berish, servis xizmatlari va kichik logistika kompaniyalari uchun qulay variantga aylantiradi. Modelning g'ildirak bazasi 2850 mm, umumiy uzunligi esa 4425 mm bo'lib, bu tor ko'chalarda boshqarishni osonlashtiradi.

Kompakt o'lchamlarga qaramay, salon keng va funksional: ergonomik joylashuv, qulay rul boshqaruvi va amaliy asboblar paneli bilan ajralib turadi. 13-oktabr kuni kompaniya yangi Chevrolet Damas liniyasining ishlab chiqarilishi boshlanganini e'lon qildi.

Yangilangan minivenlar yanada ixcham, tejamkor va sig'imdor bo'lib, kundalik foydalanish va tijoriy maqsadlar uchun mos bo'lib qoladi. Yangi avlod Damas kattaroq o'lchamlari, orttirilgan yuk sig'imi va kengaytirilgan ichki makoni bilan ajralib turadi.

Shuningdek, haydovchi va yo'lovchilar uchun qulaylik sezilarli darajada oshirilgan. Model ikki xil versiyada taqdim etiladi va yangi avlod avtomobili hozirgi versiya bilan birga ishlab chiqariladi.

Bu xaridorlarga klassik model va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan yangi avtomobil o'rtasida tanlash imkoniyatini beradi. Hozircha O'zbekiston bozoridagi versiyaning narxlari va texnik xususiyatlari haqida ma'lumot berilmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Yangilangan Damas taqdim etildi