Foto: Financial Times
Avvalroq Rossiyaning bir nechta banklari SWIFT xalqaro tizimidan uzib qo‘yilishi haqida xabar berilgan edi.
- Hozircha bir necha banklar (ularning aniq ro‘yxati yaqin kunlarda ma’lum qilinadi— tah.), keyinchalik esa boshqa banklar ham chiqarilishi mumkin, — deydi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen.
SWIFT’dan uzib qo‘yilish Rossiya savdo-sotig‘iga zarba berishini anglatib, Rossiya kompaniyalari bilan biznes olib borishni qiyinlashtiradi.
Bu Rossiya O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklaridan biri bo‘lgani sababli mamlakatga bevosita aloqador ekanligini bildiradi. 2021 yili Rossiya hattoki Xitoyni ortda qoldirib, O‘zbekiston bilan savdo sherikchiligida birinchi o‘ringa chiqdi.
Bundan tashqari, Rossiya O‘zbekistondagi kompaniyalar soni bo‘yicha 1-o‘rinda turadi — 1 fevral holatiga ko‘ra, ularning soni 2313 tani tashkil etadi.
Qanday muammolar yuzaga keladi va ularni qanday qilib hal qilish mumkin?
Birinchi navbatda, cheklovlar yirik kompaniyalarga emas, balki mayda importchi va eksportchilarga zarba beradi: ular endi favqulodda hisob-kitob yo‘llarini izlashlari kerak bo‘ladi.
SWIFT’dan uzib qo‘yilish mablag‘larini o‘tkazish uchun avvalgidek bank-mijozning o‘zi yetarli bo‘lmasligini, yangi yo‘llarni qidirishga to‘g‘ri kelishini bildiradi.
Muammoni hal qilishda Rossiya banklari tomonidan ko‘riladigan choralardan biri O‘zbekiston banklarida bevosita vakillik hisob varaqalarini ochishdir, bu hozir qisman amalga oshirilgan.
Yana bir yo‘llaridan biri — xabar jo‘natishning muqobil usullaridan foydalanish:
- Rossiya banki SWIFT’dan uzilsa va operatsiyalarni O‘zbekiston banki bilan amalga oshirishga to‘g‘ri kelsa, u telefon yoki faksdan foydalanishga majbur bo‘ladi. Bu nafaqat noqulaylik yoki uzoq vaqtni talab etadi, balki ishonchli yo‘l ham emas, — deydi banklardan birida faoliyat yurituvchi mutaxassis.
Muddatlar endi bir necha haftalarga cho‘zilishi mumkin. Kattaroq to‘lov topshiriqlari tezroq ko‘rib chiqilishi, ammo boshqa hollarda, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes uchun kechikishlar yuzaga kelishi mumkin.
Uchinchi variant SWIFT’ning Rossiya analogi – «SPFS». U mamlakat ichidagi pul o‘tkazmalari uchun ishlab chiqilgan edi, ammo hozirda unga Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston, Kuba kabi qator xorij mamlakatlari banklari ulangan.
- O‘zbekistonga keladigan bo‘lsak, ishtirokchilar orasida bizning banklar yo‘q, biroq bunday o‘zaro aloqalar amalga oshiriladigan bo‘lsa, men sira hayratlanmayman, — deydi mutaxassis Shuhrat Kurbanov.
Xalqaro pul o‘tkazmalariga ta’siri bormi?
Bir jismoniy shaxsdan ikkinchisiga mablag‘ o‘tkazib berish uchun SWIFT’dan foydalanish mumkin, ammo bunday maqsadlar uchun odatda Western Union, «Zolotaya Korona» va shu kabi tizimlar qo‘llanadi. Shunday bo‘lsa ham, mutaxassislar buning ta’siri bo‘lishini ta’kidlaydilar:
- Hatto «Zolotaya Korona» yoki boshqa pul o‘tkazmalari tizimidan foydalanilsa ham, kun so‘ngiga borib pullar baribir SWIFT (bir miqdorda, har ikkala yo‘nalishdagi o‘tkazmalarning sof farqi bilan) orqali yuboriladi, — deydi Kurbanov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hisob-kitoblarni SWIFT ishtirokisiz tashkillashtirish uchun qanchadir vaqt talab etiladi, ammo xohish bo‘lsa, tez fursatlarda ham amalga oshirishning iloji bor.
- (Pul — tah.) oqimi kichik emas, yo‘llari topiladi, — deydi mutaxassis.
2021 yilda O‘zbekistonga 7 mlrd dollarlik pul mablag‘lari jo‘natilgan, ularning asosiy qismi Rossiyaga to‘g‘ri keladi. Taqqoslash uchun, bir yil oldin bu ko‘rsatkich 6 mlrd dollarni qayd etgan edi.
Rossiya banklari1, SWIFT‘dan uzib qo‘yilish1, SWIFT xalqaro tizimi1, Importchi1, Eksportchi1 Ukraina va Rossiya urushi “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...