Foto: Bloomberg
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning yalpi xalqaro zaxiralari 1 aprel holatiga ko‘ra, 35,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Ular mart oyiga nisbatan 0,2 mlrd dollarga kamaygan.
Zaxiralar, asosan, oltin va xorijiy valyutalardan iborat. Birinchisi, 20,8 mlrd dollarga, ikkinchisi esa 13,1 mlrd dollarga baholanmoqda. Yana 1,1 mlrd dollarga yaqin xalqaro zaxira aktividir (Xalqaro valyuta jamg‘armasi).
Oltin miqdori 10,9 mln troya unsiyasini (taxminan, 339 tonna) tashkil etadi. Xorij valyutasi, asosan, banklarda saqlanadigan naqd pullarni o‘z ichiga oladi.
Oltin zaxiralari nima uchun kerak?
Oddiy til bilan aytganda, bu sug‘urta, davlatning «xavfsizlik yostig‘i». Zaxiralar dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida favqulodda vaziyatlar uchun mavjud.
Zaxiralar odatda yuqori likvidli, ya’ni tez sotiladigan aktivlarda saqlanadi. Oltin va xorijiy valyuta ushbu talablarga javob beradi — ulardan istalgan vaqtda qarz to‘lash yoki investitsiyalar uchun foydalanish mumkin.
2017 yilgacha O‘zbekiston zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamoatchilikka e’lon qilinmas edi. O‘sha yilning noyabr oyida zaxiralar 26 milliardni tashkil etishi ma’lum bo‘lgan. O‘shandan beri ular deyarli 10 milliard dollarga o‘sgan.
Zaxiralardan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin va o‘rni qanday to‘ldiriladi?
Zaxiralardan turli mamlakatlarda turlicha foydalaniladi. Bu odatda to‘lov balansi taqchilligini moliyalashtirish, valyuta bozorida intervensiyalar o‘tkazish, milliy valyuta kursini ushlab turish, tashqi qarzlarni qoplash va hokazolarni o‘z ichiga oladi.
Zaxiralar mamlakatda qazib olingan oltin, xalqaro bozorga qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi, savdo balansi profitsiti va boshqalar hisobiga to‘ldiriladi.
Masalan, O‘zbekistonda zaxiralar, jumladan, OKMK yoki NKMK tomonidan qazib olingan oltin hisobiga to‘ldiriladi. Oltin chetga sotilganda mamlakatdagi zaxiralar ham kamayadi.
35 milliard dollar — bu ko‘pmi yoki kam?
Rivojlanayotgan mamlakatlarga, shu jumladan, O‘zbekistonga ham xalqaro tashkilotlar uch oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli bo‘lgan zaxiralarni saqlashni tavsiya qiladi.
35 milliard dollar hozir O‘zbekistonga 15 oydan ortiq importni moliyalashtirish uchun yetarli. Bunday ko‘rsatkich ishonchli hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"