date

Apple Buyuk Britaniyada sudda yutqazdi - jarima 1,5 milliard funt sterling

Apple Buyuk Britaniyada sudda yutqazdi - jarima 1,5 milliard funt sterling

Buyuk Britaniyaning raqobat bo‘yicha apellyatsiya sudi Apple'ga qarshi 1,5 milliard funt sterlinglik jamoaviy da’vo bo‘yicha qaror chiqardi - sud da’vogarlarni qo‘llab-quvvatladi. Buyuk Britaniyada 20 millionga yaqin foydalanuvchi nomidan jamoaviy da’vo arizasi berilgan, deb yozmoqda Rozetked.

Da’voga Apple'ning App Store'dagi siyosatidan norozilik sabab bo‘lgan. Kompaniya hukmronlik mavqeini suiiste’mol qilishda va ishlab chiquvchilardan App Store'da "adolatsiz" 30% komissiya olishda ayblangan.

"[Sud] Apple 2015 yil oktyabridan 2020 yil oxirigacha ilovalarni tarqatish bozorida raqobatga to‘sqinlik qilish va ishlab chiquvchilardan komissiya sifatida "ortiqcha va adolatsiz miqdorlarni undirish" orqali o‘zining ustunlik mavqeini suiiste’mol qilgan deb qaror qildi."

Sudya da’vogarlar kompensatsiya talab qilishlari mumkin deb qaror chiqardi. Apple qanday jarimaga tortilishi 2025 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan eshituvda hal qilinadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple Buyuk Britaniyada sudda yutqazdi - jarima 1,5 milliard funt sterling