01:29 / 23.03.2023
664

O‘zbekistonda yana zilzila sodir berdi

O‘zbekistonda yana zilzila sodir berdi

23 martga o‘tar kechasi O‘zbekistonning qator hududlarida yana yer silkinishi kuzatildi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, Toshkent vaqti bilan 01:07 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 39,39 gradus shimoliy kenglik; 69,93 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6. Chuqurlik 15 km. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 217 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Sirdaryo viloyatida 5 ball, 157 km.
  • Farg‘ona viloyatida 5 ball, 192 km.
  • Jizzax viloyatida 5 ball, 198 km.
  • Toshkent shahrida 5 ball, 217 km.
  • Namangan viloyatida 4-5 ball, 232 km.
  • Samarqand viloyatida 4-5 ball, 256 km.
  • Andijon viloyatida 4-5 ball, 257 km.
  • Surxandaryo viloyatida 4 ball, 335 km.
  • Qashqadaryo viloyatida 4 ball, 363 km.
  • Navoiy viloyatida 4 ball, 398 km.
  • Buxoro viloyatida 4 ball, 474 km.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat