
Amerika Qo‘shma Shtatlarining an’anaviy «Xilma-xillik vizasi» (Green Card) dasturi natijalari 2025 yilning 3 may kuni e’lon qilinadi. Bu haqda dasturning rasmiy saytida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, DV-2026 lotereyasi uchun ariza topshirganlar o‘z natijalarini Toshkent vaqti bilan soat 21:00 dan boshlab, dvprogramm.state.gov rasmiy sayti orqali tekshirish imkoniga ega bo‘ladilar.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yil uchun arizalar 2024 yilning 2 oktyabrida qabul qilish boshlangan va 7 noyabrgacha davom etgandi. Shu davr mobaynida jahonning turli mamlakatlaridan millionlab insonlar qatori O‘zbekistondan ham yuz minglab yurtdoshlarimiz arizalarini topshirib, AQSHga ketish uchun o‘z omadlarini sinab ko‘rishgan.
Xilma-xillik viza dasturi Amerikaga immigratsiya ko‘rsatkichlari nisbatan past bo‘lgan davlatlar vakillari uchun tashkil etilgan bo‘lib, u ko‘plab insonlarga AQSHda yashash, ishlash va o‘qish imkoniyatini taqdim etadi. Har yili butun dunyodan millionlab insonlar aynan ushbu dastur orqali Amerika orzusini amalga oshirishga intilmoqda.
Shuni aytish joizki, o‘zbekistonliklar uchun ham Green Card dasturi juda katta qiziqish uyg‘otadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda bu dasturda ishtirok etish ko‘lami keskin oshgan. AQSH davlat departamentining ma’lumotlariga ko‘ra, har yili yuz minglab o‘zbekistonlik fuqarolar mazkur dasturda qatnashib, o‘z orzulari ro‘yobini kutishadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, dasturda g‘olib bo‘lganlar keyingi bosqichlarda AQSHda istiqomat qilish huquqiga ega bo‘lish uchun tegishli hujjatlarni yig‘ib topshirishlari lozim bo‘ladi. G‘oliblarning har yili taxminan 55 ming nafarini Amerikaga ko‘chib borish uchun immigratsion vizalar bilan ta’minlash rejalashtiriladi.
Agar siz ham mazkur dasturda ishtirok etgan bo‘lsangiz, ertaga oqshom o‘z natijangizni tekshirishni unutmang!
Barcha yurtdoshlarimizga omad yor bo‘lsin!
Amerika Qo‘shma ShtatlariGreen CardXilma-xillik VizaAriza TopshirishO‘zbekistonliklarImmigratsiya Vizalari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar