
O‘zbekistonda har yili nishonlanadigan 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan aholining dam olish kunlari bo‘yicha ma’lumot e’lon qilindi. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ushbu bayram munosabati bilan dam olish kunlari bo‘yicha rasmiy xabar tarqatdi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, joriy 2025 yilda bayram kuni juma kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu munosabat bilan ish haftasi turiga qarab dam olish kunlari quyidagicha belgilandi:
5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun:
- 9 may (juma) — Xotira va qadrlash kuni (bayram kuni);
- 10 may (shanba) — dam olish kuni;
- 11 may (yakshanba) — dam olish kuni.
Shunday qilib, haftasiga besh kunlik ish tartibida mehnat qilayotgan xodimlar uch kunlik dam olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun:
- 9 may (juma) — Xotira va qadrlash kuni (bayram kuni);
- 10 may (shanba) — ish kuni;
- 11 may (yakshanba) — dam olish kuni.
Bu holatda haftasiga olti kunlik ish tartibida ishlayotgan xodimlarga ikki kun — juma va yakshanba kunlari dam berish ko‘zda tutilgan.
Xotira va qadrlash kuni har yili mamlakatimizda keng nishonlanadigan muhim bayramlardan biri hisoblanadi. Ushbu sanada urush qatnashchilari, mehnat faxriylari va Vatan tinchligi yo‘lida o‘z hayotini bag‘ishlagan insonlarning xotirasi yodga olinadi va ularning oila a’zolariga hurmat-ehtirom ko‘rsatiladi.
Shu munosabat bilan butun mamlakat bo‘ylab xotira tadbirlari, madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar, tarixiy ko‘rgazmalar va boshqa turli marosimlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Barcha yurtdoshlarimizni ushbu qutlug‘ sana bilan tabriklab, tinch va osuda dam olish kunlarini tilaymiz! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing