date
views 103

Xitoyda ilk aqlli elektr traktori taqdim etildi

Xitoyda ilk aqlli elektr traktori taqdim etildi
Xitoyda "Honghu T70" nomli avtonom elektr traktori taqdim etildi, deb Pepelac News xabar berdi. Bu qishloq xo‘jaligi sohasida to‘liq avtonom ishlashga qodir ilk traktor hisoblanadi.

"Honghu T70" traktori litiy batareyasida ishlaydi va doimiy magnitli sinxron elektromotor hamda aqlli boshqaruv tizimi bilan jihozlangan. U oldindan belgilangan marshrut bo‘yicha mustaqil ravishda qishloq xo‘jaligi ishlarini bajara oladi. Traktor real vaqtda tuproq, o‘simliklar va agrotekhnika sharoitlari haqida ma’lumot to‘plab, tahlil uchun uzatadi.

Traktorda ikki motorli tizim mavjud: biri harakat uchun, ikkinchisi esa kultivator yoki o‘t o‘ruvchi qurilmalarni boshqarish uchun xizmat qiladi. Uning ishlash aniqligi ±2,5 smni tashkil etadi, avtonom ishlash vaqti esa 6 soatgacha.

Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, "Honghu T70" Xebey va boshqa hududlarda qo‘llanilmoqda va u qishloq xo‘jaligi ishlarining samaradorligi va sifatini oshirishga yordam beradi. Traktor yer haydash, urug‘ ekinlarini ekish, parvarishlash va hosil yig‘ish kabi jarayonlarni to‘liq avtonom tarzda bajara oladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Xitoyda ilk aqlli elektr traktori taqdim etildi