
Navoiy viloyatining Karmana tumanida mudhish avtohalokat ro‘y berdi. O‘zbekistonning qator internet nashrlari va Telegram kanallari ushbu fojiali voqea haqida xabar tarqatdi.
Ma’lum qilinishicha, avtohalokat natijasida Karmana tumanining «Farhod» mahallasi yoshlar yetakchisi Ulug‘bek Oblaqulov hamda shu tumanning «Bahrom» mahallasi yoshlar yetakchisi Muhriddin Bahronov vafot etgan. Halokatda jabrlangan yana bir shaxs — Karmana tumani Yoshlar ishlari bo‘limi sho‘ba mutaxassisi Valijon Kasimov esa shifokorlar nazoratida bo‘lib, ayni paytda shifoxonada davolanmoqda.
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirdi.
Sa’dullayevning so‘zlariga ko‘ra, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga moddiy hamda ma’naviy jihatdan har tomonlama yordam ko‘rsatiladi. Ushbu fojiali voqea jamoatchilikda katta afsus va qayg‘u bilan qabul qilindi.
Hozirgi vaqtda huquq-tartibot organlari tomonidan avtohalokatning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
Navoiy ViloyatiKarmana TumaniAvtohalokatYoshlar YetakchisiFojiali VoqeaAlisher Sa’dullayev O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar