date
views 176

Shomurodovning ajoyib assisti «Roma»ga muhim g‘alaba keltirdi (video)

Shomurodovning ajoyib assisti «Roma»ga muhim g‘alaba keltirdi (video)
Italiya A Seriyasi 35-turidan o‘rin olgan bahsda Rimning «Roma» klubi o‘z uyida «Fiorentina»ni qabul qildi va 1:0 hisobidagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuv «Stadio Olimpiko» stadionida bo‘lib o‘tdi va unga 70 mingdan ziyod muxlis tashrif buyurdi. O‘yin juda keskin va qizg‘in kechdi, har ikki jamoa ham o‘z imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanishga urindi.

Bahsning 45+5-daqiqasida maydon egalarining ukrainalik hujumchisi Artyom Dovbik «Roma» uchun g‘alaba golini urdi. Uning bu golini esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovning ajoyib bosh bilan uzatgan pasidan so‘ng kiritildi.

Shomurodov ushbu o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va faol harakatlari bilan jamoasining hujum chizig‘idagi asosiy futbolchilardan biri bo‘ldi. Eldor 65-daqiqada o‘yindan zaxiraga olindi.

Mazkur g‘alaba bilan «Roma» turnir jadvalida o‘z mavqeini yanada yaxshilashga erishdi va Yevropa kuboklari uchun kurashda muhim ochkolarni qo‘lga kiritdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovning ajoyib assisti «Roma»ga muhim g‘alaba keltirdi (video)