ў
Қ
қ
Ғ
ғ
Ҳ
ҳ

AQSH migratsiya markazlaridan o‘zbekistonlik fuqarolar vatanga qaytarildi, deya xabar bermoqda "Dunyo" axborot agentligi.
30 aprel kuni AQSHda qonuniy asoslarsiz bo‘lib turgan hamda mamlakatdan chiqarib yuborilishi kerak bo‘lgan chet elliklar ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston fuqarolarini vataniga qaytarish maqsadida Nyu-York – Toshkent yo‘nalishida maxsus charter aviaqatnovi amalga oshirildi.
Mazkur reys orqali yuzga yaqin O‘zbekiston fuqarosi, shuningdek, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan bo‘lgan bir qator fuqarolar ham Toshkentga olib kelindi. Ular O‘zbekiston poytaxti orqali o‘z mamlakatlariga yetkazildi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu fuqarolarning aksariyati AQSH chegarasidan noqonuniy tarzda o‘tishga harakat qilgan va buning natijasida migratsiya markazlarida uzoq vaqt qolib ketgan edilar.
AQSH hukumati fuqarolarni mamlakatga qaytarishda O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi.
"Biz O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga 131 nafar noqonuniy muhojirni o‘z vataniga qaytarish uchun maxsus aviaqatnovni tashkil qilishda yetakchilik qilgani uchun minnatdorchilik bildiramiz. Xavfsizlik choralarini kuchaytirish va qonun ustuvorligini ta’minlash borasida O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashni sabrsizlik bilan kutib qolamiz", deyiladi AQSH tomonidan tarqatilgan xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing