Germaniyada bir ko‘z shifokori qabuliga kelgan musulmon yigitni tekshiradi. Tekshirib bo‘lib unga savol beradi:
— Sen namoz o‘qiysanmi?
— Mening ko‘zimdagi dard bilan namozning qanday aloqasi bor. Mendan namoz o‘qish-o‘qimasligimni so‘rayapsiz?
— Agar sen namoz o‘qisang, o‘qib bo‘lib, ikki tomonga salom berayotgandagi harakatni qilganingda bu kasallik senda bo‘lmasdi...
Izoh: Ya’ni, salom berayotganda ikki yelkamizga salom beramiz, shunda ko‘zimiz harakatlanadi. Ko‘z harakatlanishi ko‘zning salomatligi va nuri uchun foydali. Ko‘z mashqlarida bu bor. Subhanalloh, namoz ibodatimizda ko‘zimiz uchun ham sihat bor ekan. Shu o‘rinda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning "Namoz - ko‘zimning nuri", degan ma’nodagi hadislari yodga tushadi. Robbimiz bizdan talab qilgan ibodatlar ham ruhimiz, ham tanamiz uchun shifodir. Robbimiz bizning ibodatlarimizga muhtoj emas, aksincha, biz ularga muhtojmiz.
Germaniyalik shifokor so‘zida davom etib:
— Arablarda ko‘zoynak ishlatilishi kamdan-kam. Sababi esa, ular o‘ngdan chapga qarab to‘g‘ri o‘qiydilar. Biz yevropaliklar esa, lotinchani chapdan o‘ngga qarab o‘qiymiz. Holbuki, yaratilishga ko‘ra, ko‘z o‘ngdan chapga qarab o‘qishga moslashtirilgan.
Shifokor keyinchalik Islomni qabul qilib musulmon bo‘ladi.
Abdulloh Rahimboyev tarjimasi va izohi
Manba: @nishondagi_gaplar_tegadi kanali
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar