
AQSh Moliya vazirligi O'zbekistonning Datavice MCHJ kompaniyasiga qarshi ikkilamchi sanksiyalar kiritdi. Idora mazkur kompaniyani Rossiyaning Aeza Group kompaniyasi bilan aloqada bo'lishda gumon qilmoqda.
Joriy yilning iyul oyi boshida Vashington Aeza Group’ni qora ro‘yxatga kiritgan edi. Ushbu kompaniya IT xizmatlarini taqdim etadi.
AQSh rasmiylari fikricha, Aeza Group kiberjinoyatchilarga AQSh va boshqa davlatlardagi qurbonlarga hujum qilish uchun hosting xizmatlari ko‘rsatadi. Shuningdek, AQSh Moliya vazirligi ushbu kompaniyani BianLian nomli tovlamachi dasturlarni yaratishda gumon qilmoqda.
Yagona davlat reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, Datavice 2023 yil iyul oyida Toshkentda tashkil etilgan. Kompaniya ma’lumotlarni qayta ishlash sohasida xizmatlar ko‘rsatadi.
Uning ustav jamg‘armasi 24 million so‘mni tashkil etadi. Kompaniyaning rahbari va asoschisi Maksim Makarovdir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.