date

Tramp: 2026 yilgi Jahon chempionati tarixdagi eng yirigiga aylanadi

Tramp: 2026 yilgi Jahon chempionati tarixdagi eng yirigiga aylanadi

AQSH prezidenti Donald Tramp yaqinlashib kelayotgan 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonlari haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Vashington ushbu musobaqani nafaqat yuqori darajada, balki futbol tarixida eng muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazishni maqsad qilgan.

Trampning aytishicha, u o‘z ma’muriyatiga Mundialni har jihatdan ideal darajada tashkil etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar bergan. Prezident butun infratuzilma, xavfsizlik, logistika va muxlislar uchun qulaylik masalalari keskin kuchaytirilganini ta’kidladi.

«Men barcha idoralarga 2026 yilgi Jahon chempionatini misli ko‘rilmagan darajada o‘tkazishni buyurdim. Menimcha, u tarixdagi eng zo‘r chempionat bo‘ladi. Chiptalar sotuvida esa allaqachon rekordlar qayd etilyapti», — dedi Tramp.

Shu bilan birga, AQSH rahbari Mundialga kelmoqchi bo‘lgan muxlislarga oldindan harakat qilishni maslahat berdi. Uning ta’kidlashicha, ko‘plab mamlakatlar fuqarolari uchun AQSH vizasiga navbat 60 kungacha cho‘zilishi mumkin.

«Agar chempionatga kelishni reja qilgan bo‘lsangiz, vizani hozirdanoq rasmiylashtiring. Navbatlar uzun», — deya qo‘shimcha qildi u.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi. Musobaqa tarixda ilk bor uchta mamlakatda tashkil etiladi va jami 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Mundialga qiziqish yuqoriligi, infratuzilmadagi ulkan sarmoyalar hamda rekord darajadagi chipta sotuvi — bularning barchasi 2026 yilgi turnirning futbol dunyosida alohida o‘rin egallashini ko‘rsatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tramp: 2026 yilgi Jahon chempionati tarixdagi eng yirigiga aylanadi