
2025 yilning o‘tgan o‘n oyida O‘zbekiston Xitoyga umumiy qiymati 695,5 million dollar bo‘lgan gaz eksport qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Rossiya gaz yetkazib berishda yetakchilikni qo‘lga kiritdi — uning eksport hajmi 17,8 foizga oshib, 7,85 milliard dollarga yetdi. Ikkinchi o‘rinda Turkmaniston joylashgan bo‘lib, uning eksport hajmi 12,9 foizga kamayib, 7,03 milliard dollarni tashkil etdi.
Keyingi o‘rinlarda Myanma (1,29 milliard dollar), Qozog‘iston (945,73 million dollar) va O‘zbekiston qayd etilgan. Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya va Xitoy o‘rtasida yoz oylarida yirik shartnoma imzolangan.
Bu kelishuvga ko‘ra, Rossiya har yili Xitoyga 106 milliard kub metr gaz yetkazib beradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.