date

Qashqadaryoda sinfdoshiga shilqimlik qilgan erkakka 14 sutka jazo tayinlandi

Qashqadaryoda sinfdoshiga shilqimlik qilgan erkakka 14 sutka jazo tayinlandi

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida 14-noyabr kuni jamoat joyida sinfdosh ayolga nisbatan mayda bezorilik sodir etgan erkak ma’muriy tartibda jazolandi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1995-yilda tug‘ilgan B.B. o‘sha kuni tasodifan Xorazm viloyatiga turmushga chiqqan sinfdoshi G.M.ni yo‘lda uchratib qolgan. U ayolga “ota uyingizga olib borib qo‘yaman” deb taklif berib, o‘zining avtomobiliga o‘tqazib olgan.

Biroq yo‘lda ketishayotib, B.B. avtomashinani mahalla hududidan o‘tadigan yo‘l chetiga to‘xtatgan va G.M.ning qo‘lidan ushlab, unga bo‘lgan his-tuyg‘ularini aytgan. Shu bilan birga, u sinfdoshini o‘pishga harakat qilgani ma’lum qilindi.

Dastlab surishtiruv organi B.B.ning qilmishini Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi — shahvoniy shilqimlik sifatida baholagan. Biroq sud hujjatlarni tahlil qilib, holatni “mayda bezorilik” deb qayta kvalifikatsiya qildi. Natijada u 183-modda asosida aybdor deb topilib, 14 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi.

Hujjatlarda ta’kidlanishicha, qamoqqa olish haqidagi qaror qonuniy kuchga kirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda sinfdoshiga shilqimlik qilgan erkakka 14 sutka jazo tayinlandi