
O‘zbekistonda ekologik politsiya xizmati ishga tushirilmoqda. Ushbu yangi tuzilma prezidentning 2025-yil 19-noyabrdagi farmoni va qaroriga muvofiq tashkil etiladi.
Ekologik politsiya xodimlariga kuch ishlatish, maxsus vositalar va xizmat qurollaridan foydalanishga ruxsat beriladi. Shuningdek, ular maxsus ko‘krak kameralari bilan ta’minlanadi.
Ekologik politsiya yangi tashkil etiladigan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha milliy qo‘mita tarkibiga kiradi. Bu tuzilma tabiatni muhofaza qilish sohasida tartibni nazorat qiladi hamda kompaniyalar va davlat idoralarining ekologik qoidalarga amal qilishini kuzatib boradi.
Xodimlarga ekologik talablarning bajarilishini tekshirish huquqi beriladi. Ular jismoniy kuch va maxsus vositalarni qo‘llab, oddiy huquqni muhofaza qilish organlari kabi ish olib borishadi.
Ekologik politsiya boshqa davlat organlaridan mustaqil faoliyat yuritadi va uning ishiga aralashish qat’iyan taqiqlanadi. Xodimlar davlat inspektorlari maqomiga ega bo‘lib, ularga maxsus unvonlar va qo‘shimcha to‘lovlar beriladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.