date

Bayram oldidan Turkmanistonda san’atkorlarga ozish buyurildi

Bayram oldidan Turkmanistonda san’atkorlarga ozish buyurildi

Turkmanistonda madaniyat sohasi xodimlariga joriy yilning 27 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik doirasida vazn tashlash topshiriq qilindi. Bu haqda mahalliy manbalar xabar tarqatdi.

Ma’lum qilinishicha, madaniyat va san’at muassasalarida faoliyat yuritayotgan aktyor, xonanda va raqs guruhlari a’zolariga maxsus ko‘rsatma berilgan. Unga ko‘ra, ular bayram dasturida ishtirok etish uchun tashqi ko‘rinishida kerakli mezonlarga mos bo‘lishi shart. Agar ular belgilangan og‘irlik me’yoriga to‘g‘ri kelmasa, sahnaga chiqish huquqidan mahrum qilinadi.

Talabning aniq qaysi yuqori idora tomonidan berilgani ochiqlanmagan, ammo madaniyat xodimlari orasida bu ko‘rsatma katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ayrimlari buni sog‘liq uchun ijobiy deb baholasa, boshqalar uni inson huquqlariga zid harakat sifatida tanqid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonda davlat bayramlari katta shukuh va rasmiy tadbirlar bilan nishonlanadi. San’atkorlar esa bu tantanalarda asosiy rolni bajaradi. Shu bois ularning tashqi qiyofasiga alohida e’tibor qaratilayotgani tasodifiy emas.

Hozirda mamlakatdagi ko‘plab madaniyat muassasalarida mashg‘ulotlar va repetitsiyalar davom etmoqda, bundan tashqari ayrim san’atkorlar shaxsiy ovqatlanish rejalarini ham qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lishgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayram oldidan Turkmanistonda san’atkorlarga ozish buyurildi