Turk seriallari orasida katta mashhurlikka erishgan “So‘yla Qora Dengiz” serialini O‘zbekistonda ham minglab tomoshabinlar qiziqib tomosha qilgan. Undagi Osiyo obrazi ayniqsa ko‘pchilikning esidan chiqmay qolgan.
Osiyo rolini O‘yku Gyurman ijro etgan. U nafaqat aktrisa, balki aslida mashhur qo‘shiqchi hamdir. 1982 yilda Istanbulda tug‘ilgan O‘yku o‘zining musiqiy karyerasi bilan tanilgan va “Evlerinin Önü Boyalı Direk” kabi kuylari Turkiyada xit bo‘lgan. Keyinchalik u aktrisalikka qadam qo‘ydi va aynan “So‘yla Qora Dengiz” orqali keng auditoriyaga tanildi.
Osiyo roli orqali u nafaqat Turkiyada, balki O‘zbekiston, Ozarbayjon va arab mamlakatlarida ham katta muxlislarga ega bo‘ldi.
O‘yku Gyurmanning hayotidagi qiziq jihatlardan biri — u hamisha san’atni oilasi bilan bog‘laydi, chunki uning akasi Ozgur ham musiqachi. Aktrisa musiqa va aktrisalikni uyg‘unlashtirgan kamdan-kam turk yulduzlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbek tomoshabinlari uchun esa Osiyo qahramoni — kuchli, sabrli va yurakdan sevuvchi ayol timsoli sifatida yodda qolgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!