Niagara sharsharasi yaqinida yo‘l-transport fojiasi sodir bo‘ldi. BBC'ning ma’lumot berishicha, sayyohlarni Nyu-Yorkka olib ketayotgan avtobus yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilib tushgan.
Hodisa oqibatida besh kishi, jumladan bir bola vafot etgan, yana o‘nlab yo‘lovchilar turli darajada tan jarohati olgan. Avtobusda jami 52 kishi bo‘lgani aytilmoqda.
Nyu-York shtati politsiyasi qurbonlar soni yanada ko‘payishi ehtimolini istisno qilmadi.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotiga ko‘ra, jarohatlanganlarga tibbiy va til bo‘yicha yordam ko‘rsatilmoqda, chunki jabrlanganlarning ko‘pchiligi Hindiston, Xitoy va Filippindan kelgan sayyohlar ekan.
Avtobusning nega yo‘ldan chiqqanligi sababi hali aniqlanmadi. Guvohlar ta’kidlashicha, transport vositasi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tomonga chiqib ketgan va oqibatda ag‘darilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!