date

Tramp: 2026 yilgi Jahon chempionati Amerikaga ulkan foyda olib keladi

Tramp: 2026 yilgi Jahon chempionati Amerikaga ulkan foyda olib keladi

AQSH prezidenti Donald Tramp futbol tarixidagi eng yirik musobaqalardan biri bo‘lgan 2026 yilgi Jahon chempionati haqida fikr bildirib, uning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatini alohida ta’kidladi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, musobaqa nafaqat sport olamidagi yirik voqea bo‘ladi, balki mamlakat iqtisodiyotiga ham katta ulush qo‘shadi.

— Bu chempionat Amerika iqtisodiyotiga 30 milliard dollardan ziyod mablag‘ olib kiradi, shu bilan birga 185 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratadi, — dedi u.

Prezident, shuningdek, stadionlarda xavfsizlik choralari eng yuqori darajada ta’minlanishiga ham umid bildirdi.

Qur’a va mezbonlik haqida

Ma’lumot uchun, joriy yilning 5 dekabr kuni Vashingtondagi Kennedi markazida chempionatga qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi.

2026 yilgi jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tarixda ilk bor 48 ta milliy jamoa qatnashadi, ular orasida O‘zbekiston terma jamoasi ham bor.

Final 19 iyul kuni Nyu-York yaqinida joylashgan «MetLife Stadium»da bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Muttaxassislar fikricha, ushbu musobaqa nafaqat sport, balki iqtisodiy rivojlanish va turizm sohasida ham katta singdiruvchi kuchga aylanadi. Shu bois, 2026 yilgi mundial dunyo tarixidagi eng yorqin chempionatlardan biri sifatida xotiralarda qolishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tramp: 2026 yilgi Jahon chempionati Amerikaga ulkan foyda olib keladi