Rossiya Federatsiyasi hududida koronavirusning mutlaqo yangi turi — XFG “Stratus” shtammi aniqlangani haqida rasmiy ma’lumot berildi. Rospotrebnadzor tarqatgan axborotga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab bu shtamm bilan kasallanishning 114 ta holati qayd etilgan.
Ma’lum qilinishicha, aniqlangan holatlarning 54 foizi mamlakat poytaxti Moskva shahriga to‘g‘ri kelmoqda. Qolgan holatlar esa asosan Magadan, Sverdlovsk va Leningrad viloyatlarida ro‘yxatga olingani ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, dunyoda mazkur shtamm ilk bor 2025 yil 27 yanvar kuni Kanada hududida qayd etilgan. Rossiyada esa birinchi holat shu yilning 24 aprel kuni aniqlangan va rasmiy ro‘yxatga kiritilgan.
Mutasaddi idora vakillarining ta’kidlashicha, yangi shtamm yuqumliligi yuqori bo‘lib, tez tarqalishi mumkin. Biroq, u og‘ir kechmasdan, asosan yengil shaklda namoyon bo‘ladi. Shifokorlarning qayd etishicha, virusning asosiy belgilari ovozning bo‘g‘iqligi hamda ommaviy ravishda kuzatilgan yengil simptomlardir. Ular o‘tgan davrda keng tarqalgan “omikron” shtammiga juda o‘xshashligi bilan ajralib turadi.
Epidemiologlar aholiga hushyorlikni yo‘qotmaslikni, profilaktika qoidalariga amal qilishni va zarurat bo‘lsa tibbiy ko‘rikdan o‘tishni tavsiya qilmoqda.
Mutasaddilarning fikricha, bu shtamm katta xavf tug‘dirmasada, uning keng miqyosda tarqalishining oldini olish muhim ahamiyatga ega.
Rossiyada koronavirusning yangi “Stratus” shtammi tarqalmoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar