date

Kartoshka sabzavotdan chiqarilishi mumkin: olimlar yangi tasnif taklif qilmoqda

Kartoshka sabzavotdan chiqarilishi mumkin: olimlar yangi tasnif taklif qilmoqda
AQSHda botanika va oziq-ovqat ilmi sohasida kutilmagan bahs-munozaralar avj oldi. Amerikalik olimlar kartoshkani an’anaviy tarzda sabzavotlar qatoriga kiritish amaliyotini qayta ko‘rib chiqish zarurligini bildirishdi. Ularga ko‘ra, endi kartoshka sabzavot emas, balki don mahsulotlar qatorida baholanishi kerak.
Maxsus tadqiqotlarda qayd etilishicha, ko‘pchilik odamlar AQSHdagi ratsionda kartoshkani «salomatlik uchun foydali sabzavot» sifatida qabul qilib, diyetasiga ko‘p qo‘shmoqda. Biroq natijada teskari holat kuzatilmoqda — sabzavot deb hisoblangan kartoshka ortiqcha kaloriya va kraxmal sababli odamlarning vazni oshib ketishiga olib kelmoqda. Shuning uchun olimlar uni guruch yoki bug‘doy kabi donlar bilan teng ko‘rish taklifini bildirishdi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, agar mantiqan qaraladigan bo‘lsa, ushbu bahs faqat kartoshka bilan cheklanib qolmasligi mumkin. Masalan, uzum va banan ham an’anaviy tarzda mevalar toifasida sanalsa-da, ularning tarkibidagi yuqori miqdordagi qand va kaloriya sababli ayrim diyetalarda foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirishi qayd etilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, ularni ham qayta tasnif qilish masalasi muhokamaga chiqishi mumkinligi aytilmoqda.
Olimlar fikricha, asosiy maqsad — odamlar orasida to‘g‘ri oziqlanish haqidagi tushunchalarni yangilash va ularni ilmiy asosda yo‘naltirishdan iborat. Chunki ko‘p hollarda kishilar mahsulotning botanik tasnifiga emas, balki uning kaloriyasi, foydali yoki zararli ta’siriga asoslanishi lozim.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kartoshka sabzavotdan chiqarilishi mumkin: olimlar yangi tasnif taklif qilmoqda