date

SHHTning bu galgi sammitida 20 ta davlat rahbarlari qatnashadi

SHHTning bu galgi sammitida 20 ta davlat rahbarlari qatnashadi
Xitoy Xalq Respublikasining Tyanszin shahri bu yilgi Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitiga mezbonlik qilmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, sammit doirasida 20 dan ziyod davlat va hukumat rahbarlari, shuningdek, 10 ta xalqaro va mintaqaviy tashkilot yetakchilari ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda XXR tashqi ishlar vaziri yordamchisi Lyu Bin maxsus matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Sammit nafaqat siyosiy muloqot va hamkorlik uchun muhim minbar sifatida, balki xalqaro munosabatlar yo‘nalishida yangi yo‘nalishlar va kelishuvlarni muhokama qilish uchun katta imkoniyat sifatida baholanmoqda. SHHT doirasida xavfsizlik, iqtisodiy hamkorlik va madaniy almashinuv masalalari yana bir bor kun tartibiga chiqishi kutilayapti.

Ta’kidlanishicha, sammitda ishtirok etishi rejalashtirilgan nufuzli rahbarlar ro‘yxati juda keng. Ular orasida:

Rossiya prezidenti Vladimir Putin

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Mongoliya prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan

Kambodja bosh vaziri Xun Manet

Maldiv prezidenti Muhammad Muizzu

Nepal bosh vaziri Sharma Oli

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an

Misr bosh vaziri Mustafo Madbuli

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov

Indoneziya prezidenti Prabovo Subianto

Laos prezidenti Txonglun Sisulit

Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim

Vetnam bosh vaziri Fam Min Chin

Sammit jarayonida mintaqaviy barqarorlik, iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish va strategik sheriklik masalalari asosiy mavzu bo‘lishi kutilmoqda. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bu yig‘ilish xalqaro maydondagi siyosiy vaziyat va geosiyosiy muvozanatga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » SHHTning bu galgi sammitida 20 ta davlat rahbarlari qatnashadi