Afg'onistonda Navoiy haykali buzildi

1 daqiqa o'qish23.3K
Afg'onistonda Navoiy haykali buzildi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Mazoriy Sharifda Alisher Navoiy haykali buzilgani haqidagi xabarlardan so‘ng Afg‘oniston rasmiylari bilan bog‘landi, deb Kursiv.uz xabar berdi. Vazirlik ushbu holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, haykal joylashgan hudud buyuk mutafakkir xotirasiga mos kelmagani sababli, mahalliy hokimiyat uni buzib tashlagan. Bu yerda shoir va mutafakkir uchun yanada chiroyli majmua qurilishi rejalashtirilgan.

Afg‘oniston Madaniyat vazirligi bilan bu ishlar kelishilmagan. Kobul voqeadan afsusda ekanini bildirgan va Navoiyning sharafiga yangi haykal hamda unga atalgan maydon barpo etilishini ma’lum qilgan.

Afg‘on tomoni buyuk mutafakkir xotirasini saqlashga sodiqligini bildirgan va uning nomini munosib tarzda e’zozlash uchun barcha choralar ko‘rilishini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Tolibon hokimiyatga kelganidan keyin Afg‘onistonda Navoiyga oid bir nechta obidalar shikastlangan. 2023 yilda barelyef va grafitiga zarar yetkazilgan, O‘zbekiston TIV esa bu holatdan afsus bildirgan edi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?