Intel kompaniyasi juma kuni prezident Donald Trump ma’muriyati bilan kelishuv e’lon qildi, deb TechCrunch xabar berdi. Trump hukumat Intel’da 10 foiz ulush olishini aytgan edi.
Intel ma’lum qilishicha, hukumat “8,9 mlrd dollarlik investitsiya qiladi”, ammo bu yangi mablag‘ emas. Kompaniyaga Bayden ma’muriyati davrida ajratilgan, ammo hali to‘lanmagan grantlar aksiyaga aylantiriladi.
Aniqrog‘i, 5,7 mlrd dollar CHIPS qonuni doirasida, yana 3,2 mlrd dollar esa Secure Enclave dasturi orqali ajratilgan mablag‘ hisoblanadi. Bu kelishuv qonuniy jihatdan bahslarga olib kelishi mumkinligi aytilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar