
Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi to‘yda ikki qishloq fuqarolari o‘rtasida janjal bo‘lib o‘tdi. Murojaatga ko‘ra, to‘y marosimidan so‘ng, mehmonlar bilan o‘zaro nizo kelib chiqqan va ular bir-birini urib, haqoratlagan.
Boysun tumanidagi "Xo‘jaidod" mahallasidagi to‘ydan keyin to‘rt kishi va qo‘shni mahalladan bir necha odam o‘rtasida janjal bo‘lgan. Hodisa mahalla oqsoqollari va profilaktika inspektori aralashuvi bilan tinchlantirilgan, fuqarolarning uylariga tarqalishi ta’minlangan.
Hech qanday jismoniy jarohat yoki jabrlanishlar bo‘lmagan. Profilaktika inspektori tomonidan tushuntirish ishlari olib borilib, yarashtirish ishi amalga oshirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.