date

Toshkentda onasini urib-tepib o‘ldirgan erkakka 15 yil berildi

Toshkentda onasini urib-tepib o‘ldirgan erkakka 15 yil berildi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida onasini bir necha bor urib-tepib o‘ldirgan erkakka nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Toshkent shahar sudi berilgan ma’lumotga ko‘ra, u umumiy tartibli koloniyada 15 yil ozodlikdan mahrum etiladi va alkogolga qaramlik sabab majburiy davolanishdan o‘tadi.

Tergov ma’lumotlariga qaraganda, fojia oilaviy kelishmovchilik oqibatida yuz bergan. Sudlanuvchining onasi o‘g‘lining o‘z uyini sotish va sobiq turmush o‘rtog‘i hamda qizi yashab turgan xorijiy davlatga ko‘chib o‘tish rejasiga qarshilik qilgan. Mast holdagi erkak janjal chog‘ida onasiga bir necha marotaba kuch ishlatib, og‘ir tan jarohatlari yetkazgan. Ayol voqea joyida vafot etgan.

Tergovda sud-tibbiy ekspertiza xulosalari, psixiatriya tekshiruvi, guvohlarning bayonoti, jinoyat sodir bo‘lgan hududni ko‘zdan kechirish natijalari va ashyoviy dalillar to‘liq o‘rganildi.

Sud majlisida sudlanuvchining qizi ular orasida oldin jiddiy nizolar bo‘lmaganini ta’kidlab, yengilroq jazo berilishini so‘radi. Ayblanuvchining rafiqasi esa uning uzoq yillar davomida alkogolizmdan aziyat chekkanini ma’lum qildi.

Sud hukmiga ko‘ra, erkak 15 yillik jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydi. Shu bilan birga, u alkogoldan majburiy ravishda davolanishga ham yuboriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda onasini urib-tepib o‘ldirgan erkakka 15 yil berildi