date

McLaren jamoasi Toshkentga tashrif buyurdi

McLaren jamoasi Toshkentga tashrif buyurdi

Britaniyaning McLaren avto-poyga jamoasi Toshkentga keldi. Jamoa vakillari 12 dekabr kuni o‘tkaziladigan FIA Awards mukofotlash marosimida ishtirok etadi.

Toshkentga kelgan mehmonlar orasida McLaren poygachisi Lando Norris ham bor. Ularni O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi vakillari kutib oldi.

McLaren jamoasi 1963 yilda Yangi Zelandiyalik poygachi Bryus Maklaren tomonidan asos solingan. Jamoa sakkiz marta Konstruktorlar kubogini qo‘lga kiritgan va 12 marta chempionlik unvonini yutgan.

Ayrton Senna, Alen Prost va Lyuis Hemilton kabi Formula-1 afsonalari turli yillarda ushbu jamoa safida qatnashgan. Britaniya jamoasi joriy mavsumda Singapur Gran-prisi natijalariga ko‘ra Formula-1 Konstruktorlar kubogini yutdi.

Lando Norris esa dekabr oyi boshida "Qirollik poygalari" (Formula-1) Jahon chempionatida g‘alaba qozondi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » McLaren jamoasi Toshkentga tashrif buyurdi