date

O‘zbekiston va AQSh “Lukoyl” aktivlari bo‘yicha muzokara olib bormoqda

O‘zbekiston va AQSh “Lukoyl” aktivlari bo‘yicha muzokara olib bormoqda

O‘zbekiston energetika vaziri Jurabek Mirzamahmudov Qonunchilik palatasi deputatlari bilan uchrashuvda Toshkent AQSH bilan Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasining O‘zbekistondagi aktivlari bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, AQSH rasmiylari xorijdagi “Lukoyl” aktivlari sotilishi muddatini kelgusi yil yanvar oyi o‘rtasigacha uzaytirish bo‘yicha rasmiy xat yuborgan.

Shuningdek, Mirzamahmudov ushbu masalada xalqaro huquq normalariga mos keladigan va mamlakat manfaatlariga xizmat qiladigan yechim topilishiga umid bildirdi. Muzokaralar huquqshunoslar va AQSH rasmiylari bilan davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSH joriy yil kuzida “Lukoyl” va uning sho‘ba korxonalariga qarshi sanksiyalar joriy etgan edi. Mazkur rossiyalik kompaniya O‘zbekistonda bir nechta gaz konlarida qazib olish ishlarini olib boradi, shuningdek, Qandim gazni qayta ishlash majmuasini qurib, foydalanishga topshirgan.

2024 yilning iyul oyi oxiriga kelib, “Lukoyl”ning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalari $10 milliarddan oshdi. Gaz qazib olishdan tashqari, kompaniya respublikada avtomashinalarga yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini ham rivojlantirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston va AQSh “Lukoyl” aktivlari bo‘yicha muzokara olib bormoqda