Soltmurod Bakaev Portugaliyaga jahon chempionligi tiladi

Soltmurod Bakaev Portugaliyaga jahon chempionligi tiladi
Akron klubi hujumchisi Soltmurod Bakaev yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. U Portugaliya terma jamoasining hujumchisi Krishtianu Ronalduni diqqat bilan kuzatishini aytdi.

Shuningdek, u Gruziya terma jamoasi chempionatda qatnashmaganligi sababli Xvicha Kvaratsxeliyani qo‘llab-quvvatlay olmasligini afsus bilan tilga oldi. "Chempionlikka kim ko‘proq imkoniyatga ega?

Aniq aytish qiyin, lekin umid qilamanki, Portugaliya jamoasi g‘olib chiqadi va Krishtianu Ronalduning faoliyatini munosib yakunlashiga imkon beradi", — dedi Bakaev "Match TV"ga bergan intervyusida. Chempionatning guruh bosqichiga ko‘ra, Portugaliya terma jamoasi Kolumbiya, O‘zbekiston va pley-off g‘olibi (Kongo Demokratik Respublikasi, Yamayka yoki Yangi Kaledoniya) bilan bir guruhda o‘ynaydi.

Portugaliya terma jamoasining Jahon chempionatidagi eng yuqori natijasi 1966 yilda qo‘lga kiritilgan uchinchi o‘rin hisoblanadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar