
Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida sodir bo‘lgan qizig‘arli va bir vaqtning o‘zida juda og‘ir fojia jamoatchilik muhokamasidan tushmayapti. Profilaktika inspektori tomonidan bosimga uchragan voyaga yetmagan yigit o‘ziga qasd qilish darajasigacha borib, tanasiga o‘t qo‘ygan. Bir necha oy davom etgan davolashga qaramay, u olamdan o‘tgan.
Marhumning yaqinlari ma’lum qilishicha, inspektor tomonidan «qamalasan» degan tahdidlar va turli ruhiy bosimlar yigitni qattiq qo‘rquvga solgan. Oila a’zolari bu holatni videodalillar orqali ham tasdiqlagan.
Sud hujjatlarida qayd etilishicha, profilaktika inspektori I.X. voyaga yetmagan yigitni izlash jarayonida uning oilasidan pul talab qilgan, shuningdek, rasmiy tartib-qoidalarga zid ravishda muomala qilgani aniqlangan.
JIB Payariq tuman sudi I.X.ni Jinoyat kodeksining firibgarlik va mansabga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lish moddalari bo‘yicha aybli deb topdi. Sud unga 2 yil ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum etish bilan birga, 2 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.