Toshkentda burun jarrohligi paytida bir erkak vafot etdi

1 daqiqa o'qish2.6K
Toshkentda burun jarrohligi paytida bir erkak vafot etdi

Toshkentning Olmazor tumanidagi xususiy klinikada burun amaliyotiga kelgan 31 yoshli erkakning o‘limi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, 12 noyabr kuni 1994 yilda tug‘ilgan bemor H.D.ga burun sohasiga oid bir necha kasallik tashxis qilingan va unga jarrohlik amaliyoti belgilab berilgan.

Ma’lum qilinishicha, operatsiya vaqtida soat 12:20 larda bemorning pulsi to‘satdan yo‘qolgan va yurak faoliyati to‘xtashi oqibatida u vafot etgan. Dastlabki sud-tibbiy ekspertiza hujjatlariga ko‘ra, marhum o‘limiga o‘tkir koronar o‘lim va anafilaktik shok sabab bo‘lgan.

Bu holatdan so‘ng marhum o‘limi sabablarini aniqlash uchun rasmiy tibbiy ekspertiza tayinlandi. 29 noyabr kuni klinika shifokorlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 116-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi ochildi. Tergov jarayoni davom etayotgani aytilmoqda.

Shuningdek, alohida topshiriq asosida xususiy klinika faoliyati 6 dekabrdan boshlab rasman to‘xtatilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?