date

Voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi ochildi

Voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi ochildi

Toshkent shahrida voyaga yetmagan qiz o‘gay onasi tomonidan jismoniy va psixologik zo‘rlikka uchragani haqida videomurojaat ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Mazkur holat keng muhokamalarga sabab bo‘lib, Toshkent shahar IIBB tomonidan tezkor tekshiruv o‘tkazildi.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, 1985 yilda tug‘ilgan N.Sh. Yunusobod tumanidagi yashash xonadonida o‘gay farzandi 2013 yilda tug‘ilgan N.G. ni bir necha marotaba urib, jismoniy tazyiq o‘tkazganligi aniqlandi. Jabrlanuvchi ilgari IIOga murojaat qilmagan.

Hozirda voyaga yetmagan qiz Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilib, davlat tomonidan himoyaga olindi.

Ushbu holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan N.Sh. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi (“Qiynash”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari to‘liq va har taraflama olib borilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi. Ish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi nazoratida davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi ochildi