date

O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon urbanizatsiya forumida ishtirok etdi

O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon urbanizatsiya forumida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi (UN-Habitat) shafeligida Boku shahrida o‘tkazilayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi ochilish marosimida qatnashdi. Bu haqda Uzdaily.uz xabar beradi.

Kongress-markazda davlatimiz rahbarini Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev hamda BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbax kutib oldilar. Shundan so‘ng ishtirokchilarning birgalikda suratga tushish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy forum “Barcha uchun uy-joy: xavfsiz va barqaror shaharlar hamda hamjamiyatlar” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda dunyo davlatlari va hukumatlari, xalqaro tashkilotlar hamda rivojlanish institutlari rahbarlari jam bo‘lishdi.

Tadbir kun tartibidan shaharlarni barqaror rivojlantirish, aholini zamonaviy va arzon uy-joy bilan ta’minlash, shahar muhiti sifatini oshirish, iqlim barqarorligini mustahkamlash hamda transport infratuzilmasini rivojlantirish kabi dolzarb masalalar o‘rin olgan.

O‘zbekiston Prezidenti forum doirasida tashkil etilgan Yetakchilar sammitida nutq so‘zlab, shaharlarni rivojlantirish borasidagi milliy tajriba va tashabbuslarni ilgari surishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon urbanizatsiya forumida ishtirok etdi