date

Xitoyda dunyodagi ilk suv osti maʼlumotlar markazi ishga tushirildi

Xitoyda dunyodagi ilk suv osti maʼlumotlar markazi ishga tushirildi

Xitoyda dengiz shamol elektr stansiyalari energiyasi bilan ishlaydigan dunyodagi ilk suv osti maʼlumotlar markazi tijoriy foydalanishga topshirildi. Shanxay qirgʻoqlari yaqinida joylashgan ushbu loyihaning qiymati 226 million dollarni tashkil etadi. 2025-yil iyun oyida boshlanib, oktyabrda yakunlangan qurilish ishlari va fevraldagi muvaffaqiyatli sinovlardan soʻng, obyekt toʻliq quvvat bilan ishlamoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Taxminan 35 metr chuqurlikda joylashgan 24 MW quvvatga ega markaz 2000 ga yaqin serverni oʻz ichiga oladi. Ular orasida sunʼiy intellekt vazifalari, 5G texnologiyalari va katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash uchun moʻljallangan kuchli GPU qurilmalari ham mavjud. Tizimning asosiy afzalligi shundaki, anʼanaviy sovutish tizimlari oʻrniga dengiz suvidan foydalaniladi, bu esa issiqlikni tabiiy ravishda samarali chiqarib tashlaydi.

Loyiha offshor shamol elektr stansiyalari bilan integratsiya qilingan boʻlib, bu markazni qayta tiklanadigan energiya bilan taʼminlaydi va umumiy energiya tizimiga tushadigan yukni kamaytiradi. Biroq, texnologiya oʻziga xos qiyinchiliklarga ham ega: jihozlar yuqori bosim va korroziyaga chidamli boʻlishi shart. Shu sababli, tizim germetik modullar va masofadan boshqarish imkoniyatiga ega yuqori darajadagi zaxira tizimlari asosida qurilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Xitoyda dunyodagi ilk suv osti maʼlumotlar markazi ishga tushirildi